Loading

Yuklanmoqda...

Maxsus imkoniyatlar

Ekran o’lchami:

50 %

Shrift o’lchami:

50 %
Sayt test rejimida ishlamoqda.
https://beshariqadmin.ferlib.uz/files/contacts/images/file-1748929603991-970453124.png

Beshariq tumani axborot-kutubxona markazi

https://beshariqadmin.ferlib.uz/files/contacts/images/file-1748929603991-970453124.png

Beshariq tumani axborot-kutubxona markazi

Kutubxona
Axborot-xizmat
Kitoblar

Asosiy

Abdurashid Nurmurodov: Qon hidi

Abdurashid Nurmurodov: Qon hidi

Muallif:

Abdurashid Nurmurodov

Til:

O’zbek

Yozuv:

Kirill

Sahifalar soni:

400

Nashriyot uyi:

Zabarjad media

Nashr qilingan yil:

2020

Adadi:

5000

Kitob tavsfi

Otasi va ukasining urushdan nogiron bo‘lib qaytgani, so‘ng onasining
paxta maydoniga sepilgan zaharli doridan oq qon kasaliga chalinib vafot etishi yuragida
ulkan bo‘shliq paydo qilgan inson bor dardini, iztirobini qog‘ozga to‘kdi. Qahramonlari
unga og‘riqli kunlarida duch keldi, bir-birlarining yaxshiyu yomon kunida hamnafas,
hamdard bo‘ldi. So‘ng­gida esa... ularning hammasini yo‘qotdi.



Afg‘on tuprog‘ida jon olib jon bergan minglab vatan o‘g‘lonlarining,
achchiq qismat egalarining taqdiri haqida bitilgan kitob – “Qon hidi” romani shu
tarzda dunyoga keldi.

Yelkasiga sharaf yukini ortib jangga kirganu so‘nggida o‘zlarining keraksiz buyumdek
tashlandiq kimsalarga aylanganini tushunganida ming afsus... ular ancha ulg‘ayib
qolgan edilar. Ammo yashash kerak edi... Qanday qilib?! Yurakda shunchalar zalvorli
yukni ko‘tarib yashab bo‘ladimi?



Muallif asari orqali ko‘proq jang sahnalariga emas, aksincha
o‘zi kabi baxtsiz, o‘zi kabi yolg‘iz taqdirdoshlarining ichki olamiga, ruhiyatiga
e’tibor qaratdi.

Kitobga esa ushbu so‘zlar bilan yakun yasadi: “So‘nggi paytlarda “Hayotning mazmunsiz
yo‘lida “yashash” nomli kasallik bilan umrguzaronlik qilishdan ne foyda”, degan
o‘y bot-bot xayolimga keladi. Lekin yashayapman! Ammo bir kun kelib ular bilan uchrashishim tayinligini
eslab, ko‘ngilda yorug‘ umidlar paydo bo‘ladi.



Izohlar

https://beshariqadmin.ferlib.uz/files/contacts/images/file-1748929603991-970453124.png

Beshariq tumani axborot-kutubxona markazi

Kutubxona manzili

150300, Farg'ona viloyati, Beshariq tumani, Buloqboshi MFY Oltin vodiy ko'chasi, 10-uy

Ijtimoiy tarmoqlar

Developed by: logo

PremiumSoft

Beshariq tumani axborot-kutubxona markazi