Loading

Yuklanmoqda...

Maxsus imkoniyatlar

Ekran o’lchami:

50 %

Shrift o’lchami:

50 %
Sayt test rejimida ishlamoqda.
https://beshariqadmin.ferlib.uz/files/contacts/images/file-1748929603991-970453124.png

Beshariq tumani axborot-kutubxona markazi

https://beshariqadmin.ferlib.uz/files/contacts/images/file-1748929603991-970453124.png

Beshariq tumani axborot-kutubxona markazi

Kutubxona
Axborot-xizmat
Kitoblar

Kutubxonamiz haqida

Kutubxonamiz — bilim izlovchilar, o‘quvchilar va tadqiqotchilar uchun zamonaviy va qulay ilmiy makon. Bu yerda siz turli sohalarga oid minglab kitoblar, maqolalar va raqamli resurslar bilan tanishishingiz mumkin.

Asosiy

Kutubxonamiz haqida

Kutubxona tarixi


        Beshariq tumani axborot-kutubxona markazi 1967-yilda qurilgan bo‘lib, dastlab tuman madaniyat bo‘limi qoshida faoliyat olib borgan.

2007-yilgacha tuman hududidagi tarmoq kutubxonalari uchun asosiy markaz bo‘lib xizmat qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-iyundagi “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi 381-sonli qaroriga muvofiq axborot-resurs markaziga aylantirilib, tuman xalq ta’limi bo‘limi tasarrufiga o‘tkazilgan.

Kutubxona 2019-yilgacha tumandagi maktab muassasalari uchun metodik hamda ularning faoliyatini nazoratga olish markazi bo`lgan.

2019-yil oxiriga kelib Beshariq tumani axborot-kutubxona markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-4354-sonli qaroriga asosan O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tizimida qayta tashkil etildi. Kutubxona tuman markazida, aholining barcha qatlami uchun qulay joyda joylashgan.

Shuningdek, Beshariq tumani Rapqon MFYda ham axborot-kutubxona markazi filiali mavjud bo‘lib, ushbu kutubxona “Ma’naviyat va ma’rifat maskani”, deb yuritiladi.

Ushbu maskan 1965-yilda qurilgan bo‘lib, dastlab tumanda muzey sifatida foydalanilgan. 2018-yilda ushbu maskan qayta ta’mirlanib, tuman madaniyat bo`limining turli to`garaklari faoliyat olib borgan.

2019-yilda Beshariq tumani axborot-kutubxona markazi balansiga o‘tkazilgandan so‘ng aholiga kutubxona sifatida xizmat ko‘rsatib kelmoqda.


BO‘LIMLARI:

Axborot-biblografiya xizmati

Fondlarni to‘ldirish,saqlash va ularga ishlov berish xizmati

Abonementlar va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish xizmati

       Axborot- kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati


        O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 apreldagi PQ-117-sonli qaroriga asosan “Tashabbusli byudjet” dasturi doirasida Beshariq tumani axborot-kutubxona markazida ham mukammal ta’mirlash ishlari olib borilib, 2024 yil aprel oyida zamonaviy qiyofadagi kutubxona foydalanishga topshirildi.

Hozirgi kunda axborot-kutubxona markazi 12000dan ziyod yoshlar va uyushmagan aholiga hamda ijtimoiy tarmoqlarda 5000 dan ortiq kitobxonlarga xizmat ko`rsatib kelmoqda. Tumanda aholini kamrab olish darajasi 22% ni tashkil qiladi.

Bugungi kunda Beshariq tumani axborot-kutubxona markazining umumiy fondi 51475 tani tashkil etib, 35815 nomda / 44273 nus’hada bosma va elektron nashrlardan iborat.

Ushbu adabiyotlarni tillar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, 32772 dona o‘zbek tilidagi, 11492 dona boshqa tillardagi adabiyotlarga to‘g‘ri keladi.

Kutubxona xizmatlarini keng yo‘lgan qo‘yish maqsadida markazda 4 ta bo‘lim faoliyat olib bormoqda (abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi, axborot-bibliografiya bo‘limi, fondlarni to‘ldirish, saqlash va ularga ishlov berish bo‘limi, AKT va raqamlashtirish bo‘limi). 

Barcha xodimlar kompyuterda, avtomatlashgan ish joylarida hamda ofis texnikasi bilan ishlash ko‘nikmalariga ega. Kutubxona zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan bo‘lib, kitobxonlar uchun o‘quv zallari, kompyuter xonalari mavjud.

Kutubxonada doimiy ravishda kitob va mutolaani targ‘ib qiluvchi turli tadbirlar o‘tkazib boriladi: davra suhbatlari, aksiya, mashhur kishilar bilan uchrashuvlar, badiiy kechalar, turli-tuman ko‘rgazmalar shular jumlasidandir.

Kutubxonada “Yosh kitobxonlar”, “Badiiy o‘qish”, “Kitobsevarlar” hamda “Lider ayollar” klubi faoliyat olib bormoqda.

AKM shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda https://t.me/beshariq_takm, (https://www.facebook.com/beshariqTAKM, https://www.instagram.com/beshariqtakm/, http://www.youtube.com/@beshariqakm) tuman AKMning rasmiy sahifalari yaratildi va doimiy kitob targ‘ibotlari, kutubxona hayotidagi yangiliklar, tumanimizning mashhur kishilari bilan uchrashuv kabi tadbirlar yoritib borilmoqda.

AKT va raqamlashtirish bo‘limi tomonidan 2023-yildan buyon 2500 dan ziyod adabiyotlar raqamlashtirildi.


Xulosa qilib aytganda, kutubxona – bu jamiyatning intellektual, ma’naviy va madaniy rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan muhim institutdir. U bilim manbai, ma’naviyat o‘chog‘i va ijtimoiy aloqalar markazi sifatida aholining har tomonlama kamol topishiga beqiyos hissa qo‘shadi. Beshariq tumani axborot-kutubxona markazi ham o‘z faoliyati orqali bu muhim vazifalarni sitqidildan bajarib kelmoqda.



Manzil: Beshariq shahri, Oltin vodiy ko‘chasi 10-uy

Geolokatsiya: https://maps.app.goo.gl/5MhF4KfcjaYGojDE6


Kutubxonaga a'zo bo'lish uchun ro'yxatdan o'ting

Kutubxonamiz a’zosi bo‘lish orqali siz minglab kitoblarga, maqolalarga va elektron resurslarga erkin kirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. A’zo bo‘lish jarayoni oddiy va tez: faqatgina ro‘yxatdan o‘ting va bilim olamiga sho‘ng‘ing. Hozirdanoq a’zo bo‘ling va imkoniyatlaringizni kengaytiring!

https://beshariqadmin.ferlib.uz/files/contacts/images/file-1748929603991-970453124.png

Beshariq tumani axborot-kutubxona markazi

Kutubxona manzili

150300, Farg'ona viloyati, Beshariq tumani, Buloqboshi MFY Oltin vodiy ko'chasi, 10-uy

Ijtimoiy tarmoqlar

Developed by: logo

PremiumSoft

Beshariq tumani axborot-kutubxona markazi